20Dec-2024
14- TRENAJER O’QUV PROGRAMMALARI
TRENAJER O’QUV PROGRAMMALARI
Trenajer – real obektlarni boshqarish uchun tan bo’lgan, o’rgatuvchi harakatlarni ko’p bajarish orqali madaniy obektlarni boshqarish uchun zarur bo’lgan oquv va ko’nikmalarini shakllantirish va takomillashtirish uchun mo’ljallangan, o’quvchining kasblik tayyorgarlik ko’rishining texnik vositasidir.
Trenajer uch zarur bo’lgan gruhga ega bo’lishi zarur : konstruktiv (operatorning ish joyining aniq nusxasi ); dasturiy ta’minot (uskunalar va jarayonlarning uyg’un modeli ); didaktik (operatorning harakatlarin baholash va monitoring qilish dasturi, boshqa birday darajada zarurli servis dasturlari bilan instruktorning ish o’rni ).
Trenajer o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholash va ularning topshiriqlarni takroriy -takroriy bajarish orqali maqsadli tayorlashning farqli usuli dir.
Trenajer o’quvchilarga quyidagi imkoniyatlarni beradi :
- Mustaqil nazorat ishlariga tayyorgarlik ko’rish ;
- 2. Mutaqil tayyorlik darajisini aniqlash va uning natijalarin nazorat ishlariga tayyorgarlik ko’rish jarayonida uzliksiz tarizda baholash ;
- tuzilmasi mamlakat ta’lim standartlariga mos kelarli test variantlaridan samarodor foydalanish ;
- trenajer bilan ishlash jarayonida har bitta topshiriq bo’yicha kerakli nazariy malumotlar, taqribiy misollar va tavsirlardi olish ;
- fanni o’rganish vaqtida kamchiliklarni bartaraf etish va olingan bilimlarni mahkamlash.
https://h5p.org servis yordamida qoraqalpoq tilin o’rgatuvchi trenajer yaratish
Flashcards turi – bu kartaning bitta tomonida rasm va boshqa tomoninda mos keladigan matnni o’z ichiga olgan kartalar jamlanmasi. O’quvchidan kartani to’ntarib, to’g’ri javobni namoyish qilishdan oldin rasmga mos keladigan so’z yoki iborasini kiritish so’raladi.
Kartalarni o’quvchilarga so’zlar va so’z
birikmalarini yoki gaplardi eslab qolishga yordam beradigan mashq sifatida ishlatilishi mumkin. Oddiy larda kartaning bitta tomonida yordamchi so’zlar va boshqa tomonida javobi bo’ladi. H5 P kartalarinda rasmlardan yordamchi so’zlar sifatida foydalanadi. Agar siz matnli yordamchi so’zlarga ega kartalarni izlasangiz, Dialog cards (dialog kartalar ) turiga e’tibor bering.
Ko’pincha til o’rganishda so’z va so’z birikmalarini eslab qolish uchun kartalardan foydalaniladi. Kartochkalar matematik masalarni ko’rsatish yoki o’quvchilarga tarixiy sanalarni, formulalar yoki otlar kabi faktlarni eslab qolishlariga yordam berish uchun ham ishlatilishi mumkin.
1-qadam : Mavzu
Ko’pincha til o’rganishda kartalardan foydalaniladi. Bu darsda Qoraqalpoq tilida so’zlarni to’g’ri yozishni o’rgatish. Bu darsimizda mavzuyimiz «Hayvon va qushlarning nomlarini toping. Qoraqalpoq tilida to’g’ri yozing». Biz har xil qush va hayvonlarning rasmlarinan iborat kartalar kompleksin yaratamiz. O’quvchidan qoraqalpoq tilida hayvon va qushlarning ismin to’g’ri kiritish so’raladi. Biz tulki,
Sher, boyo’g’li, burgut rasmlari kiritamiz. O’quvchilardan qoraqalpoq tilida tulki, sher, boyo’g’li, burgut nomlarini to’g’ri kiritish so’raladi.
2-qadam: Kartalarni yaratish
« New content» (Yangi kontent) parametrini tanlang va kontent turlari ro’yxatidan « Flashcards» (Flesh-kartalar ) ni tanlang :

14.1-rasm. Kontent turlari tizimi
3-qadam: Kartalar redaktori
Endi Flashcards so’rovlar redaktori paydo bo’lishi zarur. Redaktorning asosiy bo’lagi quyidagicha :

14.2-rasm. Flashcards savollar redaktorining asosiy bo’limi
Bu darsda biz Flashcards yaratilishiga e’tibor qaratamiz. Shunday qilib, biz «Common fields» (Umumiy maydonlar ) sarlavhasi ustidagi redaktor bo’limlariga e’tibor qaratamiz.
Flashcards turi «Toshk dascription» ( topshiriq ta’rifi) va «Cards» (kartalar ) ko’pligidan iborat.
4-qadam: Masalaning ta’rifi
Bu yerda biz o’quvchilarning shu mavzu bilan tanishtiramiz. « Task description » ( topshiriq ta’rifi) – bu butun kartalar to’plami kartalar ustida ko’rsatiladigan statistik matn. Quyidagi matnni kiriting :
«Hayvon va qushlarning nomlarini toping. Qoraqalpoq tilida to’g’ri yozing».
5-qadam: Kartalar
Bu birinchi kartada biz o’quvchiga tulkining rasmin taklif etamiz va o’quvchidan tulkining qoraqalpoqcha ismin kiritishini so’raymiz.
«Question (so’rov ) matnini har bitta karta uchun individual sozlanish mumkin. «Question (so’rov ) maydonini o’quvchiga masalani yechish bo’yicha ko’tsatishlar beramiz. «Question (so’rov ) maydonini to’ldirish shart emas.
Quyidagi matnni kiriting :
Ayyor yovvoyi bu nima?
«Answer» (javob ) maydoniga to’g’ri javobni kiriting. «Answer» (javob ) maydoniga «tulki» nomini kiriting.
Image ostida biz tulkining rasmin jalb etamiz.
Biz o’quvchiga foydalanish qulayli bo’lishi uchun birday o’lchamdagi rasmlardan foydalaning.
Birinchi karta uchun biz bu rasmdan foydalanamiz :

14.3-Rasm. Yuklab olingan jpeg formattagi tulkining rasmi
Siz yuklagan rasmni topish uchun «+Add»tugmasin bosing. Rasmni tanlaganingizdan so’ng, u yuklanadi va rasmning eskizi ko’rsatiladi.
Biz «Edit copyright»( Mualliflik huquqin tahrirlash) tugmasidan foydalanamiz
rasm uchun tegishli litsenziya ma’lumotlarini qo’shish uchun :

14.4-rasm. Mualliflik huquqin tahrirlash oynasi
Shunday qilib, biz Flashcards kompleksidan birinchi kartani yaratishni yakunladik. Buni olishingiz zarur :

14.5-Rasm. Flashcards kompleksidan birinchi kartani yaratish jarayoni
6 –qadam : Qo‘shimcha kartalarni qo‘shish
Xududi shunday, biz yana uchta kartani jalb etamiz va barcha kartalar uchun birday «Task description» matnidan foydalanamiz.
Siz xohlagancha ko’p kartalarni qo’shishingiz mumkin. Yangi karta qo’shish uchun «Add card » ( Karta qo’shish ) tugmasin bosing.

14.6-rasm. Birinchi kartani o’chirish uchun «x» tugmasi
Siz «Card »kartaning yuqori o’ng burchagindagi «x» tugmasin bosish orqali kartani o’chirasiz. «Card » redaktorining chap tomonidagi 14.2 -rasmda yaritilgan tugmalarni bosib kartalar ro’yxatini o’zgartirishingiz mumkin. Quyidagi kartani yuqoriga yoki yuqori kartani pastga o’zgartirishingiz mumkin.

14.7-rasm. Quyidagi kartani yuqoriga yoki yuqori kartani pastga o’zgartirish uchun tugma
Rasmlar tegishli manbadan yuklab olinishi va so’ng redaktorga yuklanishi zarur.
7-qadam : Yakunlanishi
Hozir sizda quyidagi rasmga ega bo’lishingiz zarur :

14.8-rasm. Yakunlash, kerakli bo’lgan barcha kartalarni kiritilib bo’lgannan keyingi ko’rinishi
Trenajer tayyor bo’lgannan so’ng yani yakunlovchi kartalar jamlovchi bo’lgannan so’ng «Save»( Saqlash ) tugmasi yordamida saqlaymiz.

14.9-rasm. Trenajerda to’g’ri javobni javoblar oynasina yozilishi
Bu trenajerdan foydalanib o’quvchilar qoraqalpoq to’g’ri yozuvni o’rganadi. Bu trenajer tildi o’rganish uchun yaxshi imkoniyat yaratib beradi. O’quvchilar trenajer yordamida muallimning nazoratisiz tilni yaxshi o’rganish va o’z bilimini baholash imkoniyatiga ega bo’ladi.
Savol va topshiriqlar
Klasterni to’ldiring.

Ushbu video darsni ko’ring va o’zingizning bilim darajangizni aniqlang.
Krossvordni yeching
Interaktiv mashqlar
Blits so’rovlari
Nazorat savollari
Topshiriq: Https://h5p.org servis yordamida ona tilini o’rgatuvchi trenajer yarating va undan qanday foydalanish kerakligi haqida tushuncha bering.
Savol va takliflaringiz bo’lsa quyidagi shaklga yozib qoldiring!