14Dec-2024
3-INTERFAOL DOSKANI SOZLASH, TUZILISHI VA O’QUV JARAYONIDA QO’LLANILISHI
INTERFAOL DOSKANI SOZLASH, TUZILISHI VA O’QUV JARAYONIDA QO’LLANILISHI
O’qitish va taqdimotlar uchun uskunalar orasida birinchi o’rinni interfaol doska egallaydi. Bu proektorlar bilan bog`langan va kompyuter tomonidan boshqariladigan sensorli ekran. U yerda rasm chiziladi, ma’lumot beriladi, saytlar ko’rib chiqiladi, eslatmalar saqlanadi va o’zaro bo’lishiladi.
Interfaol doska nima uchun kerakligin, uni kompyuter yoki noutbuk orqali qanday ulash va sozlashni ko’rib chiqamiz.
Maktabda interfaol doskadan foydalanish
Bu o’quvchilarning diqqatini jalb qiladi va materialni eslab qolishga yordam beradi. Zamonaviy avlod axborotni vizual tarzda olishga odatlangan. Axborot yanada qiziqarli bo’ladi va o’quvchilar o’rtasida fikr olmashishlarga olib keladi.
O’qituvchilar o’zlarining o’quvchilarining yoshiga qarab yangi ta’lim usullarini yaratishlari, shu bilan birga, tegishli ma’lumotlarni topishlari, tahrirlashlari va saqlashlari mumkin.
O’quvchilarning uzliksiz ishlash vaqti :
- 1-4 sinflarda 5 daqiqadan oshmasligi zarur.
- 5-11-sinflarda – 10 daqiqadan.
Interfaol doskani o’rnatish: Ulanish va sozlash
Agar siz ekranni o’zingiz o’rnatishga qaror qilsangiz, uni ikkita odam bo’lib ishlash osonroq. Siz uni quyidagi materiallardan ishlangan devorga o’rnatishingiz mumkin:
- G’isht.
- Metall.
- Qurilish gipsi.
- Gipsokarton.
- Shlakabeton tosh.
Interfaol doskaning turi uni qanday o’rnatish va sozlashni aniqlaydi. Magnit mustahkamlagich metall yoki metall-keramika markerli taxtasiga magnitlanadi.
Agar ID qo’shimcha ish maydoniga ega bo’lsa, unda qo’shimcha maydonning o’rnatilishi asosiy markaziy bo’lakni mustahkamlagandan so’ng amalga oshiriladi.
Doskani tog`ri o’rnatish uchun sizga zarur bo’ladi:
- Balandlikni to’g`ri tanlang. Masalan, maktab uchun o’rnatish 70-90 sm balandlikda amalga oshiriladi.
- Doska uchun mustahkamlagichni va proektor uchun kronshteyn o’rnating.
- Uskunani ildiring.
Bundan tashqari, ekran shtangali ildirgichga o’rnatilishi mumkin. Shunday qilib, uskuna mobil bo’lib, bu oson va tez bitta xonadan ikkinchi xonaga ko’chiriladi.
O’rnatishdan so’ng interfaol doskani bosqichma-bosqich sozlashni ko’ramiz :
- Smartboard Notebook dasturiy ta’minotni (PT) yuklab oling va ekranni shaxsiy kompyuter yoki noutbukga ulang.
- Dasturni oching. Bu sizga doskani boshqarish, darsni rejalashtirish va eslatmalarni saqlashga yordam beradi.
- Siz ekranni proektorga ulashingiz va uni qo’shishingiz mumkin. Siz Smartboard orqali kirasiz. Siz uni ochishingiz va ko’rsatmalarga amal qilishingiz kerak.
- So’ng interaktiv doskani kalibrlash zarur:
- Kompyuterdagi asosiy menyu belgisini bosing va kalibrlash punktini tanlang (калибровка, ориентация).
- Maxsus pero bilan ekranda vujudga kelgan belgiga tekkizing.
- Shu bilan birga, qo’shimcha dasturlarni o’rnatishingiz va ularni Smartboard Notebook yordamida ochishingiz mumkin.
Interfaol doskadan foydalanish
Ko’plab foydalanuvchilar bu uskunaning keng funksional imkoniyatlaridan xabardor emas. Darhaqiqat ular ishni soddalashtirishi va hatto qiziqarli qilishi mumkin.
Qo’l bilan boshqarish. Doska kursorini qo’shish uchun barmog`ingizni ekranga bosing va so’ng boshqa funksiyalar qanday ishlashini tekshiring.
- Faylni ochish uchun uni ikki marta bosing.
- Sichqonchaning o’ng tugmasini bosish uchun barmog’ingizni bosib turing.
- Belgini kerakli joyga ko’chirish uchun barmog’ingizni belgi ustida bir muddat ushlab turing.
Formatlash panelidan foydalanish. Ko’pincha siz uni ekranning yuqori qismida yoki Smartboard Notebook dasturidan topishingiz mumkin. Bu yerda tugmachalar bo’lib ular maxsus instrumentga javob beradi yoki «Сохранить», «Ножницы», «Отменить» v.b. funksiyalarga javob beradi.
Pero. Uskuna ostidagi maxsus latokta perolar bo’lib, ular yordamida oddiy doskadagi kabi interaktiv ekranda yozuv va chizish mumkin. Agar siz yozuvni tugatgan bo’lsangiz va yozuv tartibidan chiqishingiz zarur bo’lsa, qalamni joyiga qo’yishingiz yetarli.
Ishni saqlash. Hamma narsani kompyuteringizda qoldirish uchun «Сохранить файл»ni tanlang. Skrinshot olish uchun kamera belgisini bosing. U avtomat turda ekran rasmini saqlaydi.
Lastikdan foydalanish. Xuddi o’sha latokta yozilgan matnni o’chirish uchun lastik bor. Ishlash prinsipi oddiy o’chirgichdan farqlanmaydi.
Noutbuk orqali kompyuter dasturlarini ko’rsatish . Ekranning yuqori chap burchagidagi ochiluvchi «открыть» tugmasin bosing va so’ng faylni tanlang.
Ish uchun 5 foydali maslahat
- Elektron doska g’amxo’rlikni talab qiladi. Shisha tozalagich yoki spirtsiz salfetkalar yordamida ekranning betini chang va boshqa ifloslantiruvchi unsurlardan tozalash oson. Biroq undan oldin ekranni o’chirish shart.
- Elektron ekrandan birinchi marta foydalangan bo’lsangiz, oldin mashq ishlaganingiz ma’qul.
- Ishlab bo’lgandan so’ng dasturdan chiqing, bu bilan siz ma’lumotlaringizni saqlab qolgan bo’lasiz.
- Kalibrovkani oyiga bir marta ishlagan ma’qul, har doim foydalanish natijasida balans yoqolmasligi uchun.
- Ishlashdan oldin barcha dasturlarni yopish taklif etiladi.
Savol va topshiriqlar
Klasterni to’ldiring.

Ushbu video darsni ko’ring va o’zingizning bilim darajangizni aniqlang.
Krossvordni yeching
Interaktiv mashqlar
Blits savollari
Nazorat savollari
Topshiriq: Interaktiv doskadan foydalanib 5-sinf uchun Informatika va axborot texnologiyalari fanidan Axborotni kodlash. Axborotni o’lchov birliklari mavzusini o’tish bo’yicha taqdimot ko’rinishida ma’lumot bering.
Savol va takliflaringiz bo’lsa quyidagi shaklga yozib qoldiring!