16Dec-2024
5-VIDEOKAMERALAR VA ULARNING ISHLASHI
VIDEOKAMERALAR VA ULARNING ISHLASHI
Bugungi kunda video kameralar orasida ko’plab farqlarga ega, ularning asosiy farqi bu video signallarni qayta ishlash va translatsiyalash metodi. Bu belgi bo’yicha video kameralar ikkita turga bo’linadi:
- Analogli
- Raqamli
Analogli
XX asrdan buyon foydalanilib kelinyabdi. Albatta bu texnologiya va ularning uskunalarining konstruktsiyasi asosan o’zgardi, ammo ularning ishlash tamoyili o’zgarmadi. Analogli kameralarda obektivga tushgan ko’rinish, obektivga tushib CCD-matritsa (maxsus anologli integral mikrosxema) ga uzatiladi. Bu murakkab arxitektura ko’rinishni elektr impulslariga aylantiradi. Bundan so’ng olingan impuls analogli signalga aylanadi, u o’z navbatida processor bilan takroriy ishlanib kuchaytiriladi va oddiy televizorlarning yoki rekorderlar ekranlariga yuboriladi.

5.1 -rasm. Analogli kameralar.
Analogli signal har xil uskunalar orqali o’qiladi, sababi u oddiy televizorning signali PAL yoki NTSC kabi xohlagan televizor orqali qabul qilinadi.
Analogli uskunalarning qulayliklari:
– yuqori darajadagi ishonchlilikga ega.
– O’rnatish, qo’shish va sozlash oddiyligi.
– Translyatsiya davomida uzluksiz.
– Bahosi arzon.
– Har xil ishlab chiquvchilarning tizimlari bilan mos kelishi.
– Ovoz yozish uchun mikrofonlar bilan komplektlangan.
Kamchiliklari:
– Sirtqi aralashishlardan ximoyalanmagan.
– Signalni faqat kabel orqali uzatishi.
– Maxsus bo’lmagan kabel orqali qo’shilsa tez-tez uzilishga uchraydi.
– Video signalni internet orqali uzata olmaydi, ShK(personal computer)ga ulana olmaydi.
– Rasm sifatining pastligi.
Raqamli
Raqamli uskunalarining ishlash tartibi analogli uskunalarining ishlash tartibidan farqi video signalning raqamliga maxsus anolog-raqamli ishlov beruvchi orqali bor bo’lgan video formatlarning biriga qisilib yig’ilgan turda aylanadi, ko’pincha JPEG, MPEG-4 va H. 264 format qo’llaniladi.

5.2 -rasm. Cifrli video kameralar.
Raqamli video kameraning tarkibiga operativ va barqaror xotira, WI FI-modul va tarmoqli interfeys Ethernet kiradi. Analogli uskunalarga qaraganda raqamli uskunalar video signalning o’rniga raqamli ma’lumotlar oqimi yuboriladi, bular internet orqali oson uzatiladi. Elektr oziqlanish kabel (eshilgan juftlik ) orqali PoE texnologiya yordamida amalga oshiriladi. Ular katta sezuvchanlikka ko’p barobarli zumga ega. Raqamli ma’lumotlarning saqlanishi oddiy va u oson xohlagancha takroriy ishlanadi.
Qulayliklari:
-Mikrafon va dinamika bilan jihozlangan, shu sababli ovozlarni yozuvga, boshqa uskunalarni ulamay boshqa belgili bitta masofadagi odamlar bilan ulana oladi.
-Ko’chalarda va inshootlar ichida foydalanishga bo’ladi.
-Processor, operativ va dasturiy ta’minotga ega, shu sababli ssiklli turda yozib turadi.
-Harakat datchigiga ega mini kameralarni shunday sozlashga bo’ladi ular datchik sezgandan so’ng ishga tushadi.
-Yuqori daraja sirtqi tasirlardan ximoyalangan.
Kamchiliklari:
-Bahosining qimmatligi.
-Kameraga yozganda oz miqdordagi video yozuvlarning fragmenti o’tadi.
AHD kameralar
AHD uskunalarida analogli va raqamli turda kameralarning yutuqlari yaxshi birlashtirilgan. Ular yuqori darajadagi matritsa bilan ta’minlangan bo’lib sifatli rasmlarni 720 p va HD 1080 p formatida tushiradi. Bu turdagi kameralar 500 m gacha masofada joylashgan obektlarni sifatli rasmga oladi.

5.3 -rasm. AHD kameralar
WI FI video kameralar
WI FI simsiz kanali yordamida video signallar uzatiladi, ular orqali rasm kompyuterga, router va zamonaviy mobil uskunalarga chiqadi. Video yozuv ichki qattiq ShK diskiga yoki mobil gadjetiga yoziladi, yoki tarmoqga router orqali uzatiladi.

5.4 –rasm. WI FI video kameralar.
Saqlash apparatli avtonom video kameralar
Akkumlyator yoki batareykalar bilan ta’minlanadi. Yozuv vaqtini uzaytish uchun zaryad uskunalaridan foydalanishga bo’ladi, bular orqali ularning asosiy kamchiligidan xalos bo’ladi – ya’ni avtonom ishlash vaqtining qisqaligidan (1-4 soat ). Bu turdagi uskunalar bo’layotgan voqeani CD diskga yoki fleshkaga yozadi. So’ng video yozuvni ko’rib chiqish uchun yechib olinadigan saqlagichni kompyuterga ulab, kerakli video faylni mediaproigrovatelga jo’natadi.

5.5 -rasm. Saqlash apparatli avtonom video kameralar
Bu kameralarning qulayligini ularning kichkina bo’lganligi va simsiz ishlashi, bular yashirin turda obektlarni tushurishga qulay.
Mikrokameralar
Bu turdagi video kameralar eng kichkina hajmli, shuning uchun ishlab chiqaruvchilar ularni korpussiz variantda ishlab chiqaradi. Hajmining kichkina bo’lganligi sababli bu uskuna xona ichidagi interyer elementlariga o’rnatsa bo’ladi (razetka, qandil v.b.). Mikrokameralar akkumlyatorlardan va bloklardan ozuqalanadi.
Uskuna va texnik parametrlar
Barcha video kameralar, bu yuqori darajadagi texnologik apparatura, ular quyidagilardan turadi :
-Obektiv, linzalardan iborat bo’lib, rasmni foto qabullovchiga (matritsaga ) fokuslantiruvchi.
-Matritsalardan-ko’rinishlarni tushuruvchi va ularni elektr signalga qayta ishlov beruvchi rasm qabullovchilardan.
-Videoprotsessorlardan-matritsalardan keladigan signallarni video signalga qayta ishlashini, song kabel orqali yoki WI FI dan ekranga berilishini ta’minlovchi.
-Infraqizil yoritgichdan, obektlarni tunda tushurish imkonini beruvchi, yanada harakatlanish va ovoz datchiklaridan. Bular uskunaning harakatlanish radiusida har xil obektlarning vujudga kelgan vaqtida avtomat turda ishga qo’shilishini ta’minlaydi.
Asosiy parametrlar :
-Signalni qayta ishlash metodi (analogli yaki raqamli ).
-Ko’rinish maydoni matritsa o’lchamiga bog’liq.
-Ko’rinish o’lchamlari.
-Sezuvchanlik (Yorug’lik darajasi )
-Elektr quvvatlandirish turi (akkumulyatorlardan yoki quvvatlandirish adapterlaridan ).
-Aloqa turi (Sim yoki WI FI modul ) v.b.
Savol va topshiriqlar
Klasterni to’ldiring.

Ushbu video darsni ko’ring va o’zingizning bilim darajangizni aniqlang.
Krossvordni yeching
Interaktiv mashqlar
Blits so’rovlari
Nazorat savollari
Topshiriq: Videokameralar turlarini ayting v a ulardan qanday foydalanish kerakligi haqida taqdimot ko’rinishida ma’lumot bering.
Savol va takliflaringiz bo’lsa quyidagi shaklga yozib qoldiring!