24Dec-2024
KIRISH
Kirish
Bugungi kunda « Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida » haqidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 4851 sonli qarorina muvofiq axborot texnologiyalari sohasidagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va aholining kundalik hayotiga keng joriy etishni ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Axborot texnologiyalari sohasidagi kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar davlat organlari va tarmoq tashkilotlarini malakali IT-mutaxassislar bilan ta’minlash uchun mustahkam zamin yaratmoqda.
Xususan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab va bir qator xorijiy universitetlar filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, tuman va shaharlarda raqamli texnologiyalarga o‘qitish markazlari bosqichma-bosqich tashkil etilmoqda [1].
Dunyoning rivojlangan mamlakatlari tajribasin o’rganish, mahalliy sharoit, iqtisodiy va intellektual resurslarni hisobga olgan holda, jamiyatning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar yangi yutuqlarni beradi. Turli sohalardagi xalqaro hamkorlik chuqur natijalarga olib kelgan bo’lsada, milliy mustaqillikni mahkamlash, yutuqlarni boyitish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish fidoyilik samarasi bo’lib hisoblanadi.
O’qitishning maqsadi, mazmuni, shakllari va metodlari bilan bir qatorda o’quv qurollari didaktik tizimning asosiy tuzilma bo’limlaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Ta’lim muassasalarida raqamli texnologiyalardan foydalanish quyidagilarga imkoniyat beradi : o’qituvchining pedagogik va texnologik vositalarin boyitish ; boshqarish jarayonlarini avtomatlashtiradi.
Fan o’qituvchilarining metodik mahoratini oshirishga hissa qo’shadi; yangi elektron pedagogik asboblar majmuasi hosil bo’ladi; elektron o’qitish dasturlari, testlar, mashg’ulotlardan bitta vaqtning o’zida foydalanishga imkoniyat yaratadi.
Amaliy bilimlar va o’qitish mashg’ulotlari bilan bir qatorda, talabalar qo’shimcha bilim olish imkoniyatidan foydalanishni o’rganadi, chet elda va respublikamizda yaratilgan ta’lim Internet -texnologiyalari imkoniyatlari bilan tanishadi, ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanishning ustuvor vazifalarini aniqlaydi.
“Ta’limda raqamli texnologiyalar” fanidan amaliy ishlar uchun darslik, ushbu fan bo’yicha davlat standartining barcha talablari inobatga olingan amaliy izlanishlar uchun amaliy materiallari va metodik ko’rsatmalardan iborat.